AsosiyJamiyat

UzAuto Motors Lacetti ishlab chiqarish hajmini 12,5 foizga oshirdi

'UzAuto Motors Lacetti ishlab chiqarish hajmini 12,5 foizga oshirdi'ning rasmi

UzAuto Motors kompaniyasi sentyabr oyida Chevrolet Lacetti avtomobilini ishlab chiqarish liniyalarida optimizasiya ishlarini olib bordi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, optimizasiya ishlari davomida Lacetti avtomobilining ishlab chiqarilish hajmi kuniga o`rtacha 280 tadan 320 ta avtomobilga etadi.

«Olib borilgan modernizasiya ishlari ushbu avtomobil modelining ishlab chiqarilishini oyiga o`rtacha 1000 donaga ko`paytirish imkonini beradi», — deyiladi xabarda.

Ta`kidlanishicha, ishlab chiqarishning ko`payishi yuzaga kelayotgan navbatlarni qisqartiradi va mijozlarga ushbu ommabop avtomobilni qisqa muddatlarda etkazib berishni ta`minlaydi.

    Boshqa yangiliklar