Bugun, 2 oktabr kuni “Qamchiq” dovonida Cobalt avtomobili ag`darilib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, holat dovonning 194-kilometrida yuz bergan. Vodiy-Toshkent yo`nalishida harakatlanib kelayotgan Cobalt rusumli avtomobil katta tezlik sabab boshqaruvni yo`qotgan va yo`l chetidagi handaqqa ag`darilib ketgan. Avtomobil salonida esa haydovchi va 2 nafar yo`lovchi bo`lgan.
Voqea joyiga “Qamchiq” maxsus qidiruv, yong`in-qutqaruv guruhi, Tez tibbiy yordam shifokorlari, Yo`l patrul xizmati xodimlari etib borgan.
Mazkur holatda avtomashinadan haydovchi va ikki nafar yo`lovchisi chiqarib olingan. Yo`l-transport hodisasi oqibatida hech kim jarohat olmagan. Shunday bo`lsa-da, ularga shifokorlar va qutqaruvchilar amaliy va psixologik yordam ko`rsatgan.






