Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan, Sho`rchi tumanida sodir bo`lgan YTH yuzasidan YHXBB quyidagi ma`lumotlarni taqdim etdi.
2021 yil 22 sentyabr kuni soat 15:30 larda, Surxondaryo viloyati, Sho`rchi tumani, "Sovjironbobo" MFY hududida haydovchi, 1983 yilda tug`ilgan M.E. "Lacetti" rusumli avtomobilda harakatlanayotib, yo`lni kesib o`tayotgan piyoda, 2013 yilda tug`ilgan M.U.ni urib yuborgan.
Natijada, piyoda M.U. tan jarohati bilan haydovchi tomonidan shifoxonaga olib borilgan.
Mazkur YTH yuzasidan surishtiruvlar davomida transport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.
YTH yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.






