AsosiyJamiyat

Surxondaryoda cho`ponning qo`ylariga hujum qilgan sirtlonni 5 ta it g`ajib tashladi

'Surxondaryoda  cho`ponning qo`ylariga hujum qilgan sirtlonni 5 ta it g`ajib tashladi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Surxondaryoda Qizil kitobga kiritilgan va O`zbekistonda sanoqli qolgan sirtlon ovlandi” mavzuida tarqalgan xabar tarqaldi.

Ma`lum qilinishicha, ushbu holat yuzasidan Uzun tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi va tuman IIB tomonidan o`rganish ishlari olib borilgan. 

Surishtiruv davomida Uzun tumani "Mustaqillik" mahallasida yashovchi fuqaro P. Ochildiev joriy yilning fevral oyida tumanning "Xursand" mahallasi hududidagi fermer xo`jaligiga qarashli erda qo`ylarini boqib kelgan. Uni ovchilik qilishi uchun quroli yo`qligi va ovchilik uyushmasiga a`zo emasligi aniqlangan. Yarim tunda sirtlon cho`ponning qo`ylariga hujum qilgan, 5 ta it qo`ylarni himoya qilish maqsadida sirtlonga jarohat etkazadi. Orttirilgan jarohatlar sirtlonning o`limiga sabab bo`ladi.O`ldirilgan hayvon ertasi kuni cho`ponlar tomonidan foto suratga tushiriladi.

Ma`lumot o`rnida sirtlonlar butunlay yo`q bo`lib ketish arafasida turgan, lokal tarqalgan kenja tur hisoblanib, Qizil ro`yxatga kiritilgan. Yarim cho`l va cho`l hududlarida yashaydi, kechasi ov qiladi. Yakka yoki juft bo`lib yuradi. Yiliga 1 marta 2-4, ba`zan 6 tadan bolalaydi. Guruh bo`lib yirik tuyoqli hayvonlar, ba`zan uy hayvonlariga ham hujum qiladi. 

Sirtlonlarning soni doimo kam bo`lgani kuzatilgan. 2011 yilda Surxondaryo viloyatidagi Oqtepa suv ombori atrofida sirtlonlarning 6 tadan iborat to`dasi aniqlangan bo`lsa, 2012 yilda 10 bosh sirtlon, 2016 yilda esa urg`ochi sirtlon va 2 ta bolasi qayd etilgan.

Qizil kitobga kiritilgan sirtlonlarni mamlakatimiz hududida ovlash taqiqlangan.

O`zbekiston Ekologik partiyasi Matbuot xizmati sirtlonlarni saqlab qolish maqsadida aholi o`rtasida tushuntirish ishlarini yanada kuchaytirish va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda ularni yashashi uchun sharoitlarni yaratish maqsadga muvofiqligini qaytd etmoqda. 

Partiya ona tabiatning ajralmas qismi bo`lgan noyob va kamayib borayotgan hayvonlarni har tomonlama muhofaza qilish, hayvonot dunyosiga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo`lish va qonun talablariga so`zsiz rioya qilishga chaqirmoqda. 

 

    Boshqa yangiliklar