O`zbekistonning Kobuldagi elchisi Yodgorxo`ja Shodmonov “Tolibon” tomonidan Afg`oniston muvaqqat hukumatining tashqi ishlar vaziri etib tayinlangan Mavlavi Amirxon Muttaqiy bilan uchrashdi. Bu haqda Sputnik O`zbekiston Afg`on tashqi siyosiy idorasi vakili Muhammad Naimiy tvitterda qoldirilgan ma`lumotga tayanib xabar qildi.
“Uchrashuv davomida tomonlar ikki tomonlama munosabatlar hamda Mozori Sharifdagi aeroportni rekonstruksiya qilish va Toshkent va Kobul o`rtasidagi aviaqatnovlarni tiklashni muhokama qilishdi”, - deyilgan xabarda.
Ta`kidlanishicha, Muttaqiy O`zbekistonning Afg`onistondagi diplomatik missiyasi rahbariga minnatdorlik bildirib, mamlakatlar o`rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlashga chaqirgan.






