AsosiyJamiyat

O`zbekistonda vaksinasiyaga oid yarim yillik statistik ma`lumotlar e`lon qilindi

'O`zbekistonda vaksinasiyaga oid yarim yillik statistik ma`lumotlar e`lon qilindi'ning rasmi

O`zbekistonda 30 sentyabr holatiga ko`ra, emlanishi ko`zda tutilgan aholining 53,6 foizi koronavirusga qarshi birinchi doza vaksinalarini olib bo`ldi.

SSV ma`lumotlariga ko`ra, emlanishi ko`zda tutilgan 18 yoshdan yuqori bo`lgan aholi soni qariyb 21,5 million nafarni tashkil etadi. Vaksinasiya jarayoni boshlanganidan beri o`tgan olti oy mobaynida jami 11 million 491 ming 111 nafar aholi birinchi doza vaksinalari bilan emlangan.

Olti oy davomida 4 million 539 ming 621 nafar fuqaro koronavirusga qarshi barcha boschiqlarda emlab bo`lingan. Shunday qilib, mamlakatda emlanishi rejalashtirilgan aholining 21,2 foizi to`liq emlandi.

To`liq emlangan aholining 534 ming nafardan ziyodini 65 yoshdan oshganlar, 478 ming nafardan ortig`ini esa surunkali kasalligi bor fuqarolar tashkil etadi.

  •  218 ming nafardan ortiq yurtdoshimiz "Sputnik V" vaksinasi bilan to`liq emlangan

Yarim yil davomida umumiy hisobda, 30 sentyabr holatiga ko`ra,  447 855 doza “Sputnik V” vaksinasi emlash jarayonlarida qo`llanildi.

Ayni paytda 218 ming nafardan ortiq yurtdoshimiz "Sputnik V" vaksinasi bilan to`liq emlangan.

Rossiyada ishlab chiqarilgan ushbu vaksina  birinchi va ikkinchi bosqichda emlash uchun alohida-alohida komponentlarga ega bo`lib, 1-doza uchun keltirilgan komponentni 2-doza uchun qo`llash mumkin emas.  

  • 1 125 557 doza AstraZeneca vaksinasi emlash jarayonida qo`llanildi

Yarim yil davomida jami qo`llanilgan vaksinaning 5 foizini AstraZeneca tashkil qilmoqda.  

Umumiy hisobda qo`llanilgan AstraZeneca vaksinasi 1 125 557 dozaga etgan.  

Ayni paytda 462 ming nafardan ortiq yurtdoshimiz AstraZeneca vaksinasi bilan to`liq emlangan.

 

    Boshqa yangiliklar