Toshkent shahar IIBBga fuqarolar Yashnobod tumani Sivtsa ko`chasidagi daraxtlar ostida bir necha kundan buyon tunayotgan kishiga yordam ko`rsatish iltimosi bilan murojaat qilishgan. Bu haqda boshqarma Axborot xizmati xabar qilmoqda.
Shundan so`ng, Yashnobod tumani IIO FMB xodimlari yuqoridagi shaxs – 45 yoshli Kalinov A.A. ekanligini, ushbu fuqaro taqdir taqozosi bilan uysiz va yaqinlarisiz qolganini aniqlashdi. Mazkur shaxs tibbiy ko`rikdan o`tkazilib, “Mehr saxovat” boshpanasiga joylashtirildi.
Toshkent shahar IIBB rahbariyati befarq bo`lmasdan holat haqida xabar bergan fuqarolarga minnatdorchilik bildiradi.






