AsosiyJamiyat

Surxondaryoda o`g`rilar uy hovlisidagi Damasdan pul o`marishdi

'Surxondaryoda o`g`rilar uy hovlisidagi Damasdan pul o`marishdi'ning rasmi

Sho`rchi tumanida 2021-yil 16-sentyabr kuni, tumanning “Kakan” mahallasida yashovchi, B.Botir tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 15-sentyabr kuni soat 20.00 larda, yashash uyi oldida turgan Damas rusumli, avtoulovi ichidan 24 mln. so`m pulini noma`lum shaxslar o`g`irlab ketganligini bildirgan. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko`rilgan choralar natijasida, ushbu o`g`irlik jinoyatini Denov tumanida yashovchilar, Sh.Sherzod, D.Davron va K.Komillar o`g`irlik yo`li bilan moddiy boylik orttirish maqsadida sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ulardan ashyoviy dalil olingan. 

21-sentyabr kuni Sh.Sherzod, D.Davron va K.Komillarga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar