AsosiyJamiyat

YTH oqibatida 5 yashar qiz qurbon bo`ldi

'YTH oqibatida 5 yashar qiz qurbon bo`ldi'ning rasmi

1 oktyabr kuni soat 11:30 chamasida Qumqo`rg`on tumani, "G`alaba" mahallasidan o`tuvchi yo`lda o`lim natijasiga ega avtohalokat sodir bo`lgan.

Halokat natijasida yo`ldan o`tayotgan 5 yoshli qiz "Lacetti" urib yuborishi oqibatida vafot etgan.

Bu haqda viloyat YHXB matbuot xizmati xabar bermoqda.

2016 yilda tug`ilgan qiz onasi hamrohligida tanishining uyidan chiqayotganida yo`lning narigi betida otasining mashinasini ko`rib qoladi. Mashina yoniga borish uchun yo`lni kesib o`tayotgan vaqtida o`z yo`nalishida harakatlanib ketayotgan "Lacetti" qizchani urib yuboradi. 

Onaning e`tiborsizligi va mashina tezligining yuqoriligi oqibatida qizcha og`ir tan jarohatlari tufayli vafot etgan.

Yo`l holati o`rganilganda davlat ahamiyatidagi yo`l bo`lganiga qaramay, ikki tomonga ajratuvchi yo`l yotiq chiziqlari mavjud emasligi, ammo yo`l belgilari o`rnatilgani aniqlangan va yaqin orada kamchiliklar to`g`rilanishi ta`kidlangan. 

    Boshqa yangiliklar