AsosiyJamiyat

Xalq ta`limi vazirligi o`qituvchilarni paxta terimiga jalb etish taqiqlanganligini yana bir bor eslatdi

'Xalq ta`limi vazirligi o`qituvchilarni paxta terimiga jalb etish taqiqlanganligini yana bir bor eslatdi'ning rasmi

Xabaringiz bor, o`tgan haftaning oxirgi kunlari ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatida o`qituvchilarining majburan paxta terimiga olib chiqilgani haqida xabar tarqaldi. Biroq videoni olgan bloger hamda o`qituvchilarning o`zlari OAV orqali bu xabarni inkor etishdi.  

 Ayni vaqtda yurtimizning barcha hududlarida paxta terimi mavsumi boshlangani sir emas.  Shu munosabat bilan Xalq ta`limi vazirligi xalq ta`limi xodimlarini xizmat majburiyati bilan bog`liq bo`lmagan ishlarga majburan jalb etish taqiqlanganini yana bir bor eslatib o`tdi.  

 Ma`lum qilinishicha, mazkur talab buzilgan hollarda davlat organi va tashkilotlari rahbarlari  tegishli javobgarlikka tortilishi haqida qat`iy ogohlantirilgan.  

 Bu kabi holatlar yuzaga kelsa ushbu qaror bilan mas`ul etib belgilangan idoralar: O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining — 1007, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 71 200-06-00 ishonch telefonlariga xabar berishingiz mumkin.

Shu bilan birga, Xalq ta`limi vazirligiga ham murojaat qilish uchun alohida tizim yaratilgan: https://ustozovozi.uzedu.uz.  

 Xalq ta`limi vazirligi tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ommaviy axborot vositalarini bu kabi o`qituvchilar huquqlarini poymol etilishi bo`yicha xabarlarni sinchkovlik bilan o`rganib, agar haqiqatda holat yuz bergan bo`lsa Prezidentimiz siyosatiga qarshi noqonuniy topshiriq bergan  mutasaddilarga nisbatan jazo muqarrarligi tamoyilini ta`minlashda amaliy yordam berishga chaqirmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar