AsosiyJamiyat

Surxondaryoda "Qorabayir otlari" mahorat maktabi ochildi

'Surxondaryoda "Qorabayir otlari" mahorat maktabi ochildi'ning rasmi

Termiz tumanidagi 65 gektarlik hududga ega bo`lgan otchopar maydonida muassasaning tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi xabar bermoqda.

Marosimda «Ot poygasi», «Ot ustida kurash» va «Uloq-ko`pkari» kabi musobaqalar o`tkazildi. G`olib va faol chavandozlar tashkilotchilar tomonidan munosib rag`batlantirilgan.

Ta`kidlash joizki, amalga oshirilayotgan bu kabi tadbirlar milliy qadriyatlarimizni chuqur o`rganish bilan bir qatorda yoshlarning vatanparvarlik ruhida o`sib-ulg`ayishiga xizmat qiladi, deyiladi matbuot xizmati ma`lumotida.

    Boshqa yangiliklar