2021 yil 5 oktyabr kuni soat 14:00 da Toshkent shahridagi «International» mehmonxonasida 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishlari bo`yicha Harakatlar strategiyasi yakuniga bag`ishlangan «O`zbekiston: besh yil ichida jadal islohotlar» mavzusida xalqaro konferensiya bo`lib o`tadi.
Oliy Majlis Senati, «Taraqqiyot strategiyasi» markazi, Adliya vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilayotgan ushbu yirik anjuman onlayn va offlayn tarzda o`tkaziladi.






