1

Namanganda "Neksiya" ichida uch erkak yo`l chetida o`tirgan ayolning tunab ketdi

Jinoyat 04.10.2021, 17:40
Namanganda  "Neksiya" ichida uch erkak yo`l chetida o`tirgan ayolning tunab ketdi

2021 yil 29 sentyabr kuni, Mingbuloq tumanida yashovchi, 1991 yilda tug`ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu yil 27 sentyabr kuni soat 03:00 larda Chortoq tumanida yo`l chetida o`tirgan vaqtida, oldiga "Neksiya" rusumli avtomashinasi kelib to`xtab, avtomashinada bo`lgan uch nafar notanish shaxslardan biri tushib, 200.000 so`m puli bo`lgan sumkasini qo`lidan tortib olib ketganligini ma`lum qilib, chora ko`rishni so`ragan. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati ma`lum qilmoqda.

Chortoq tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Uchqo`rg`on tumanida yashovchi, 1986 yilda tug`ilgan A.X.ni boshqaruvidagi "Neksiya-2" rusumli avtomashinasida birga kelayotgan sherigi, Uchqo`rg`on tumanida yashovchi, 1981 yilda tug`ilgan X.I.lar sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo`yicha Chortoq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 29 sentyabr kuni Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1