AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoevga orzusini aytgan Nodirabegim Namangandagi Prezident maktabiga qabul qilindi

'Shavkat Mirziyoevga orzusini aytgan Nodirabegim Namangandagi Prezident maktabiga qabul qilindi'ning rasmi

Joriy yilning 14 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoev  Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik. 

Davlat rahbarining bolalar onkologiyasi  bo`limidagi bolalar va ularning ota-onalari bilan bo`lgan suhbatida  Nodirabegim Qosimova Prezident maktabida o`qish istagi borligini bildirgandi.

Prezident ta`lim muassasalari agentligi Axborot xizmatining xabar berishicha, Nodirabegimning orzusi amalga oshib, Namangan shahridagi Prezident maktabiga o`qishga qabul qilindi. 

"Kelajakda a`lo baholarga o`qib, O`zbekistonimiz rivojiga hissa qo`shadigan bo`lmoqchiman",–deydi Nodirabegim Qosimova.

Boshqa yangiliklar