Havo filtrlari bilan to`ldirilgan va quyosh panellaridan ozuqalanadigan 100 metrli minora Xitoyning Shansi shahrida 45 metr radiusda havoni tozalaydi.
Minoradan kuniga 10 million kub metr havo o`tadi. Tozalagich elektr energiyasini minora tagida joylashgan quyosh panellaridan oladi. U erda havo qabul qiluvchilar ham bor, minoraning o`zida esa havo filtrlari o`rnatilgan. Qurilma atrofida 10 ta havo tozaligini aniqlaydigan datchiklar o`rnatilgan.
Moslama havo tarkibidagi chang, azot oksidi, uglerod dioksidi, oltigigurt dioksidi va boshqa kimyoviy unsurlarni havodan tozalaydi.
Ommaviy axborot vositalarida minora dunyodagi eng katta havo tozalagich, deb atalmoqda.






