AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 2025 yilga borib umumiy quvvati 7 331 MVt bo`lgan 18 ta issiqlik, quyosh va shamol elektr stansiyalari ishga tushiriladi

'O`zbekistonda 2025 yilga borib umumiy quvvati 7 331 MVt bo`lgan 18 ta issiqlik, quyosh va shamol elektr stansiyalari ishga tushiriladi'ning rasmi

2025 yilga borib umumiy quvvati 7 331 MVt bo`lgan 18 ta issiqlik, quyosh va shamol elektr stansiyalari ishga tushiriladi (Bu O`zbekistonda amaldagi elektr energiyasini ishlab chiqarish hajmlarining 50 foizini tashkil qiladi). Bu haqda O`zbekiston Respublikasi
Energetika vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi

Ishga tushirilayotgan mazkur stansiyalarni viloyatlar kesimida tahlili: 

Navoiy viloyatida 2023 yilga borib umumiy quvvati 800 MVt bo`lgan 3 ta quyosh va shamol elektr stansiyalari ishga tushiriladi. Xususan:

1. Karmana tumanida BAAning “Masdar” kompaniyasi tomonidan quvvati 100 MVt bo`lgan quyosh fotoelektr stansiya 2021 yilning avgust oyida ishga tushirildi;

2. Nurota tumanida BAAning “Phanes Group” kompaniyasi tomonidan quvvati 200 MVt bo`lgan quyosh fotoelektr stansiyasi 2023 yilning iyul oyida ishga tushiriladi;

3. Tomdi tumanida BAAning “Masdar” kompaniyasi tomonidan quvvati 500 MVt bo`lgan shamol elektr stansiyasi 2024 yilning to`rttinchi choragida ishga tushiriladi. 

Samarqand viloyatida 2023 yilga borib umumiy quvvati 320 MVt bo`lgan 2 ta quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushiriladi. Xususan:

4. Nurobod tumanida Fransiyaning “Total Eren” kompaniyasi tomonidan quvvati 100 MVt bo`lgan quyosh fotoelektr stansiyasi 2021 yilning dekabr oyida ishga tushiriladi;

5. Kattaqo`rg`on tumanida BAAning “Masdar” kompaniyasi tomonidan quvvati 220 MVt bo`lgan quyosh fotoelektr stansiyasi 2023 yil may oyida ishga tushiriladi.

6. Jizzax viloyati G`allaorol tumanida 2023 yilning may oyida BAAning “Masdar” kompaniyasi tomonidan quvvati 220 MVt bo`lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushiriladi.

Sirdaryo viloyatida 2023 yilga borib 1 720 MVt bo`lgan 2 ta issiqlik elektr stansiyasi ishga tushiriladi. Xususan:

7. Yangier shahrida Turkiyaning “Cengiz Enerji” kompaniyasi tomonidan quvvati 220 MVt bo`lgan issiqlik elektr stansiyasi 2022 yilning sentyabr oyida ishga tushiriladi;

8. Shirin shahrida Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan quvvati 1 500 MVt bo`lgan issiqlik elektr stansiyasi 2023 yilning to`rtinchi choragida ishga tushiriladi.

Toshkent viloyatida 2021 yilda umumiy quvvati 710 MVt bo`lgan 3 ta issiqlik elektr stansiyasi ishga tushiriladi. Xususan:

9. Qibray tumanida Turkiyaning “Aksa Enerji” kompaniyasi tomonidan quvvati 240 MVt bo`lgan issiqlik elektr stansiyasi 2021 yilning to`rtinchi choragida ishga tushiriladi;

10. Qibray tumanida Turkiyaning “Aksa Enerji” kompaniyasi tomonidan quvvati 230 MVt bo`lgan issiqlik elektr stansiyasi 2021 yilning dekabr oyida ishga tushiriladi;

11. Qibray tumanida Turkiyaning “Cengiz Enerji” kompaniyasi tomonidan quvvati 240 MVt bo`lgan issiqlik elektr stansiyasi 2021 yilning dekabr oyida ishga tushiriladi.

Buxoro viloyatida 2024 yilga borib umumiy quvvati 1 270 MVt bo`lgan issiqlik va shamol elektr stansiyalari ishga tushiriladi. Xususan:

12. Peshku tumanida Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan quvvati 500 MVt bo`lgan shamol elektr stansiyasi 2023 yilning dekabr oyida ishga tushiriladi;

13. G`ijduvon tumanida Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan quvvati 500 MVt bo`lgan shamol elektr stansiyasi 2023 yilning dekabr oyida ishga tushiriladi;

14. Buxoro tumanida Turkiyaning “Aksa Enerji” kompaniyasi tomonidan quvvati 270 MVt bo`lgan issiqlik elektr stansiyasi 2021 yilning dekabr oyida ishga tushiriladi.

15. Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida 2021 yil dekabr oyida Turkiyaning “Odas Enerji” kompaniyasi tomonidan quvvati 174 MVt bo`lgan issiqlik elektr stansiyasi ishga tushiriladi.

Surxondaryo viloyatida 2025 yilga borib umumiy qkvvati 2 017 MVt bo`lgan quyosh va issiqlik elektr stansiyasi ishga tushiriladi. Xususan:

16. Sherobod tumanida BAAning “Masdar” kompaniyasi tomonidan quvvati 457 MVt bo`lgan quyosh fotoelektr stansiyasi 2023 yilning iyul oyida ishga tushiriladi.

17. Angor tumanida Niderlandiyaning “Stone City Energy” kompaniyasi tomonidan quvvati 1 560 MVt bo`lgan yangi issiqlik elektr stansiyasi 2024 yilning dekabr oyida ishga tushiriladi.

18. Qoraqalpog`iston Respublikasining Qorao`zak tumanida Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan quvvati 100 MVt bo`lgan shamol elektr stansiyasi 2024 yilda ishga tushiriladi.

Jami quvvat 7 331 MVt.

Umumiy quvvati 2 000 MVt bo`lgan issiqlik, quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish bo`yicha tenderlar e`lon qilingan. Xususan:

1. Sirdaryo viloyatining Shirin shahrida quvvati 1 500 MVt bo`lgan issiqlik elektr stansiyasini qurish bo`yicha tender savdolari e`lon qilingan.

2. Buxoro (250), Xorazm (100) va Namangan (150) viloyatlarida umumiy quvvati 500 MVt bo`lgan quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish bo`yicha tender savdolari e`lon qilingan.

Jami quvvat: 2 000 MVt.

Joriy yilda umumiy quvvati 600 MVt.ga teng bo`lgan quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish bo`yicha tender e`lon qilinadi. Xususan:

1. Qashqadaryo va Farg`ona viloyatlarida umumiy quvvati 400 MVt bo`lgan quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish.

2. Qoraqalpog`iston Respublikasida quvvati 200 MVt bo`lgan shamol elektr stansiyasini qurish.

Jami quvvat: 600 MVt

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar