1

Toshkentda notanish yigitga nisbatan tovlamachilik qilgan opa-singillarga hukm o`qildi

Jinoyat 05.10.2021, 15:17
Toshkentda notanish yigitga nisbatan tovlamachilik qilgan opa-singillarga hukm o`qildi

Jinoyat ishlari bo`yicha Chilonzor tuman sudining ochiq sud majlisida, sud raisi o`rinbosari Akmal Mirzaxanovning raisligida ikki nafar ayolga nisbatan jinoyat ishi ko`rib chiqildi. 

Ikki sudlanuvchi oldindan jinoiy til biriktirib, jabrlanuvchi uchun sir saqlanishi lozim bo`lgan ma`lumotlarni oshkor qilish bilan qo`rqitib, ko`p miqdorda mulkiy manfaatlar berishni talab qilishadi. Sudlanuvchilar o`z onasini Toshkent viloyati Bo`stonliq tumanidagi dachalarda dam olish maqsadida birgalikda borgan vaqtlarida, ushbu joyda jabrlanuvchi yigitni go`yoki zo`rlik ishlatish yo`li nomusiga tegmoqchi bo`lganlikda ayblashadi. Yigitga asossiz ravishda tuxmat qilib, IIO xodimlariga mazkur harakatlari uchun ariza bilan murojaat qilishlarini, 20 yilga qamatib yuborish hamda oilasiga borib, turmushini buzishini aytib qo`rqitishadi. Maqsad esa 10.000 AQSh dollari talab qilish edi. Garov evaziga esa yigitga tegishli mashina va fuqarolik pasportini olib qolishadi. Shu yo`sinda tovlamachilik yo`li bilan 10.000 AQSh  dollarini talab qilib kelishgan.

Toshkent shahar IIBB JQB va IIV O`XB Toshkent shahar bo`yicha bo`lim tezkor vakillari bilan hamkorlikda amalga oshirilgan tezkor tadbir jarayonida sudlanuvchilar 10.000 AQSh dollarini yigitdan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Ikkala sudlanuvchi ayol ham Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismining “b,v” bandlari, 227-moddasi 2-qismining “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topildi. JKning 59-moddasi tartibida tayinlangan jazolarni qisman qo`shish yo`li bilan sudlanuvchilarga 6 yil ozodlik ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. JKning 72-moddasiga asosan tayinlangan jazo shartli hisoblanib, ularga 2 yil sinov muddati belgilandi.

Hukm ustidan taraflar, hukm e`lon qilingan kundan boshlab, mahkum va jabrlanuvchi hukm nusxasini olgan kundan boshlab yigirma sutka ichida shu sud orqali Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo`yicha sudlov hay`ati apellyasiya instansiyasiga shikoyat berishi yoki protest bildirishga haqli ekani ham bildirildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1