AsosiyJamiyat

Toshkentdagi ayrim avtobuslarning yo`nalishi o`zgardi

'Toshkentdagi ayrim avtobuslarning yo`nalishi o`zgardi'ning rasmi

Toshkent-Chirchiq-Xojikent” tezyurar elektr poezdlar harakatini tashkil etish maqsadida,  Parkent ko`chasidan KHAYga o`tish qismida qurilish-montaj ishlari olib borilishi sababli, avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik cheklandi. Bu haqda "Toshshahartransxizmat" Matbuot xizmati ma`lum qildi. 

 Shu munosabat bilan,  2021 yil 5 oktyabr kundan boshlab, 58, 88, 89, 95-sonli avtobus yo`nalishlari quyidagi ko`chalardan harakatini davom ettirishi ma`lum qilindi:

- 58-sonli avtobus yo`nalishi -  Mustaqillik shoh ko`chasidan Oqqo`rg`on, Katta Darxon ko`chalari orqali “Ekskavator zavodi” so`nggi bekatigacha ikki taraflama;  

- 88-sonli avtobus yo`nalishi Parkent ko`chasidan Mustaqillik shoh ko`chasi, Oqqo`rg`on ko`chalari orqali va keyingi harakatini o`z yo`nalishini davom ettirgan holda;

- 89 va 95-sonli avtobus yo`nalishlari - shaxar tomon harakatlari Parkent ko`chasidan Mustaqillik shoh ko`chasi, Oqqo`rg`on ko`chalari orqali Oqqo`rg`on - Katta Darxon ko`chalari kesishgan joydan orqaga burilib olib, o`z yo`nalishini davom ettirgan holda (qaytishda o`z yo`nalishini o`zgartirmagan holda) harakatlanadi.

 

 

    Boshqa yangiliklar