AsosiyDunyo

Dunyo bo`yicha bir kunda 4 204 nafar bemor koronavirusdan vafot etdi

'Dunyo bo`yicha bir kunda 4 204  nafar bemor koronavirusdan vafot etdi'ning rasmi

O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmatining JSST ma`lumotiga tayanib bergan xabariga ko`ra, dunyoda koronavirus yuqtirganlar soni 234 million 809 mingdan ortdi.  4 million 800 mingdan ziyod kishi vafot etgan (4.10.2021. Evropa vaqti bilan 18:36 holatida).  

Oxirgi sutkada 257 122 ta yangi kasallanish holati aniqlandi.

️4 204 nafar bemor vafot etdi.

Jons Xopkins universiteti ma`lumotiga ko`ra, dunyoda  235 million 476 mingdan ortiq odam kasallik yuqtirgan. 4 million 810 mingdan ortig`i vafot etgan (5.10.2021. Toshkent vaqti bilan 16:10 holatida).

JSSTga ko`ra, kasallanish bo`yicha quyidagi davlatlar yuqori o`rinda:

  • AQSh (43,329 milliondan ortiq),  
  • Hindiston (33,834 milliondan ortiq),  
  • Braziliya (21,459 milliondan ortiq),
  • Buyuk Britaniya (7,900 milliondan ortiq),
  • Rossiya (7,612 milliondan ortiq).

 

Jons Xopkins universitetiga ko`ra, dunyoda koronavirusga qarshi 6 milliard 332 million  dozadan ortiq vaksina qo`llanildi.

 

    Boshqa yangiliklar