1

Farg`onada 8 oylik homilador kelinchakning pichoqlab o`ldirilgani yuzasidan rasmiy ma`lumot berildi

Jinoyat 05.10.2021, 18:25
Farg`onada 8 oylik homilador kelinchakning pichoqlab o`ldirilgani yuzasidan rasmiy ma`lumot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Daxshatli voqea! 8 oylik homilasi bilan kelinni bo`g`izlab tashlagan" sarlavhali videoxabar tarqaldi.

Holat yuzasidan Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lumot berdi. 

Aniqlanishicha, 2021 yil iyun oyida U.N. Yozyovon tumani, O`zbekiston ko`chasida joylashgan xonadonlardan biriga g`ayriqonuniy ravishda kirib, mol-mulklarni qo`lga kiritmoqchi bo`lgan vaqtida uyda bo`lgan homilador M.Q uni ko`rib qolganligi sababli, uni pichoq bilan bir marotaba urib tan jarohati etkazgan. Oqibatda M.Q kasalxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan 2021 yil 23 iyun kuni Yozyovon tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o`ldirish) va 164-moddasi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Jinoyat ishi bo`yicha 1 nafar shaxsga ayb e`lon qilinib, unga nisbatan "qamoqqa olish" tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Jinoyat ishi mazmunan ko`rib chiqish uchun 2021 yil 16 sentyabr kuni Farg`ona viloyat sudiga yuborilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1