AsosiyJamiyat

Toshkentda Al-Xorazmiyga bag`ishlab katta ko`rgazma tashkil etiladi

'Toshkentda Al-Xorazmiyga bag`ishlab katta ko`rgazma tashkil etiladi'ning rasmi

Toshkentdagi Zamonaviy san`at markazida o`zbek olimi va matematigi Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning fundamental asarlarini o`rganish bo`yicha "Dixit Algorizmi" ko`rgazmasi tashkil etiladi.

Ko`rgazma o`z ishini 6 oktyabrdan boshlaydi. 

Qayd etilishicha, unda olim izlanishlarining bugungi texnologik rivojlanishga, zamonaviy madaniyatga va G`arb innovasiyalariga bo`lgan ta`siri ko`rsatiladi. 

Ko`rgazma Jozef Grimaning (Space Caviar studiyasi) boshchiligida hamda Sheyda Gomashi va Kamilo Oliveyralarning hamkuratorligida o`tkaziladi. 

"Biz nafaqat ajdodlarimiz merosini saqlab qolishga, balki uni rivojlantirishga va ko`paytirishga harakat qilmoqdamiz", - deydi Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov mazkur ko`rgazmaga bag`ishlab o`tkazilgan press-turda. 

"Algoritm zamonaviy madaniyatdagi mumkin bo`lgan barcha o`zaro ta`sirlarni bizning smartfonlarimizdagi ilovalar orqali shakllantiradi. Biz bu so`zni bilamiz, lekin uni tushunmaymiz. Multisensor va tasviriy ko`rgazma yordamida biz uning kelib chiqishini va algoritmning antik davrdan to zamonaviy davrgacha jamiyat va madaniyatga qanday ta`sir ko`rsatishini kuzatamiz"-deydi ko`rgazma kuratori Jozef Grima.

Boshqa yangiliklar