29 sentyabr kuni O`zbekistonga Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi saylovlarni kuzatish missiyasi tashrif buyurgan edi.
Bugun, 5 oktyabr kuni MDH saylovlarni kuzatish missiyasi shtabi boshlig`i Evgeniy Kozyak 2-Andijon viloyat okrug saylov komissiyasi va 6- Namangan viloyat okrug saylov komissiyasiga tashrif buyurdi.
Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi axborot xizmati ma`lum qildi.
Unga asosan, E. Kozyak o`z tashrifi davomida Andijon, Namangan shahri va Norin tumanida joylashgan saylov uchastkalarida bo`lib, saylovchilarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
"Men O`zbekistonda sakkizinchi marotaba saylovlarda ishtirok etishim. Oktyabr oyida bo`lib o`tadigan Prezident saylovi nafaqat O`zbekiston, balki Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi mamlakatalari va xalqlari uchun ham ahamiyatlidir", - deydi Evgeniy Kozyak.






