Joriy yilning 29 sentyabr kuni Xorazm viloyati Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining ta`sis yig`ilishi bo`lib o`tdi.
Yig`ilishda Xorazm viloyati Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining a`zolari yig`ilganlarga tanishtirilib, viloyatda bu borada amalga oshirilishi lozim bo`lgan ishlar va Kengash a`zolari oldida turgan vazifalar belgilab berildi, deya xabar bermoqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati rahbari.
Xususan,
- Hududiy Kengash viloyatda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat va boshqa dasturlarning amalga oshirilishini tashkil etadi;
- aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga,
- jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etadi;
- korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash, chek qo`yish, oqibatlari hamda imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar samaradorligi oshirilishini ta`minlaydi;
- korrupsiyaning holati va tendensiyalari to`g`risidagi axborotni yig`adi hamda tahlil qiladi; korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish, ushbu sohadagi mavjud tashkiliy-amaliy va huquqiy mexanizmlarning samaradorligini baholash uchun tegishli hududda qilingan ishlar ijrosi haqida Milliy kengash ishchi organiga axborot taqdim etadi.






