Bugun 5 oktyabr sanasi Tojikiston Prezidentining tavallud kuni.
Shu munosabat bilan O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Emomali Rahmonni qutladi.
Biroz avval ikki davlat rahbarlarining telefon orqali muloqoti bo`lib o`tdi. Prezident matbuot kotibi buni ma`lum qildi.
Qayd etilishicha, muloqot davomida zamonaviy Tojikistonning davlat qurilishi sohasida va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi yutuqlari, mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzi izchil ortib borayotgani alohida ta`kidlab o`tilgan.
"Prezidentlarning telefon orqali muloqoti har doimgidek samimiy, do`stona va ishchan ruhda o`tdi", - deyiladi xabarda.






