AsosiyJamiyat

Rasul Kusherbaev benzin quyish shahobchalariga borib uning narхi va sifati bilan qiziqdi

'Rasul Kusherbaev benzin quyish shahobchalariga borib uning narхi va sifati bilan qiziqdi'ning rasmi

"Bugun kech bo`lishiga qaramay benzin quyish shahobchalarida benzin narhi va sifati bilan qiziqdik" deb yozmoqda deputat o`zining telegram kanalida.

 

Shuningdek Kusherbaev: "O`zbekneftgaz" tizimidagi shahobchalarda benzinlar sifati bo`yicha laboratoriya tekshiruvida AI 80 markasi 85, AI 92 markasi esa 94 markasida bo`lib chiqdi. Sifatga gap yo`q. 

 

AI 80 marka 5900 so`m, AI 92 marka esa 7900 so`mdan sotilmoqda. AI 91 benzini bir yildan buyon sotuvda yo`q ekan. Ushbu markadagi benzin asosan xususiy benzin shahobchalarida qolibdi.

 

Yuqoridagi narxlar faqat "O`zbekneftgaz" tizimidagi benzin quyish shahobchalarida amal qilmoqda. Qolgan xususiy benzin sotuvchi tashkilotlarda esa narxlar turlicha" deb yozgan.

 

Ma`lumot o`rnida:

 

Iste`molchi sifatida har qanday shaxs shahobchadan harid qilayotgan benzin sifatini laboratoriya tekshiruvidan o`tkazishni talab qilishi mumkin ekan.

 

 

    Boshqa yangiliklar