AsosiyJamiyat

"Pereval"da 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo`ldi

'"Pereval"da 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo`ldi'ning rasmi

"Pereval"da 5 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo`ldi. Bu haqda FVV xabar berdi

Unga asosan, bugun, 6 oktyabr kuni soat 6:20 larda  "Qamchiq2  dovonining 199 km.da "Vodiy-Toshkent" yo`nalishida harakatlangan "Spark"  rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo`qotib, yo`l o`rtasidagi temir to`siqqa urilgan, uning ortidan kelayotgan, "Gentra" avtomobili "Spark" dan qochaman deb, shuningdek, yana "Cobalt" va "Gentra" rusumli avtoulovlar ham YTHga uchragan.

Zudlik bilan "Qamchiq" MQYoQB qutqaruvchilari, tez tibbiy yordam, Yo`l patrul xizmati, "Qamchiqavtoyo`l" Ixtisoslashgan yo`llardan foydalanish unitar korxonasi xodimlari voqea joyiga etib borgan. Qutqaruvchilar  jarohat olgan fuqarolarni avtomashinalar ichidan chiqarib olishgan.  

"Spark" avtomobilining salonida haydovchi  va 1 nafar yo`lovchi bo`lib,  yo`lovchi tan jarohati olgan, shuningdek,  "Cobalt" avtoulovining haydovchisi o`ng qo`l sinishi tashhisi bilan Angren shahar Markaziy shifoxonasiga yuborilgan. Hozirda shifokorlar ularning ahvoli yaxshilanganini bildirishgan. Qolgan avtoulovdagi yo`lovchi va haydovchilar engil tan jarohati olgani sabab ularga shu joyning o`zida birinchi tibbiy yordam ko`rsatilgan.  

Qayd etilishicha, avtomobil haydovchilari noqulay ob-havo sharoitini inobatga olmay, tezlikni oshirib haydashi oqibatida ushbu yo`l-transport hodisasi yuz bergan.  

Shu munosabat bilan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi barcha yo`l harakati qatnashchilaridan ob-havo sharoitini hisobga olib harakatlanishlarini, belgilangan qoidalarga amal qilishlarini, tuman tushgan va muzlamali yo`llarda oraliq masofani saqlab yurishlarini so`ramoqda.

Boshqa yangiliklar