2021 yil 5 oktyabr kuni taxminan soat 21:00 da Yashnobod tumani Jarqo`rg`on ko`chasida 1998 yilda tug`ilgan Akmal J. “Lada 11184” rusumli avtomobilni ishonchnoma asosida boshqarib borayotib, transport vositalari uchun kutilmaganda chapga burilgan velosipedchini urib yuborgan. Bu haqda poytaxt IIBB Axborot xizmati xabar bermoqda.
To`qnashuv natijasida velosipedni boshqargan 1985 yilda tug`ilgan Ravshan S. badan shikastlari tufayli hayotdan ko`z yumdi.
Mazkur fakt bo`yicha Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atildi. Tergov olib borilmoqda.






