AsosiyJamiyat

Adliya vazirligi va Turkmaniston Adolat vazirligi o`rtasida memorandum imzolandi

'Adliya vazirligi va Turkmaniston Adolat vazirligi o`rtasida memorandum imzolandi'ning rasmi

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning mamlakatmizga rasmiy tashrifi doirasida joriy yilning 5 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Turkmaniston Adolat vazirligi o`rtasida o`zaro anglashuv to`g`risida memorandum imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Mazkur memorandumning maqsadi hamkorlikdagi institusional o`zaro munosabatlar uchun asos yaratish va ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishdan iborat.  

Memorandum doirasida norma ijodkorligi, huquqni qo`llash amaliyoti, fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, yuridik kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek o`zaro manfaatli boshqa yo`nalishlarda hamkorlik qilish ko`zda tutilmoqda.    

Mazkur hujjat ikki mamlakat vazirliklari o`rtasida huquq va adliya sohalaridagi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, rag`batlantirish va rivojlantirishga xizmat qiladi.  

Ma`lumot uchun, bugungi kunda O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan xorijiy mamlakatlarning yigirmadan ortiq adliya vazirliklari bilan ikki tomonlama hamkorlik o`rnatilganini qayd etish joiz.

 

 

    Boshqa yangiliklar