Bugun, 6 oktyabr kuni soat 03:00 larda Toshkent viloyati, O`rtachirchiq tumanidan o`tgan 4R2 “Toshkent-To`ytepa” avtomobil yo`lining 20-kilometrida haydovchi, 1990 yilda tug`ilgan B.A. boshqaruvidagi hamda haydovchi 1986 yilda tug`ilgan S.B. boshqaruvida bo`lgan yuk avtomobillari ishtirokida to`qnashuv sodir bo`lgan. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Shuningdek, hodisa joyidan harakatlanib o`tayotgan engil avtomobillar haydovchilarining e`tiborsizligi oqibatida oldinma-ketin engil to`qnashuv ham sodir bo`lgan.
To`qnashuvlar natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo`q.
Mazkur YTH yuzasidan Toshkent viloyati IIBB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






