AsosiyJamiyat

Zarafshonda qurilish firmasi uy olish fikridan qaytgan mijozning boshlang`ich to`lovidan "urib" qolmoqchi bo`ldi

'Zarafshonda qurilish firmasi uy olish fikridan qaytgan mijozning boshlang`ich to`lovidan "urib" qolmoqchi bo`ldi'ning rasmi

Zarafshon shahar iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga joriy yilning 13 sentyabr kuni fuqaro M.Zayniddinova tomonidan murojaat kelib tushgan.

Unga ko`ra, fuqaro Zarafshon shahar aholisi uchun ko`p qavatli turar joy kvartiralarini qurayotgan qurilish firmalarning biridan 2 xonali uyni umumiy bahosi 263 mln so`mga kelishib, boshlang`ich to`lov uchun 23 mln so`m to`lovni amalga oshirgan. Bugungi kunga kelib fuqaroning to`lov qobilyati bo`lmaganligi sababli ushbu shartnomani bekor qilgan. Va to`lagan to`lovni qaytarib olish uchun qurilish firmasiga ariza bilan murojaat qilgan. Firma esa to`langan summa uchun qo`shimcha 10 foiz ustama olgan. 

Bundan norozi fuqaro murojaat jamiyat masul xodimlari tomonidan joyida borib o`rganib chiqildi. Haqiqatdan ham o`rganishlar jarayonida murojaatda keltirilgan muammolar o`z isbotini topgan. Jamiyat masul xodimlari tomonidan qurilish firmasi mutasaddi xodimlariga O`zbekiston Respublikasining “Istemolchilar huquqlarini himoya qilish to`g`risida”gi Qonunning tegishli moddalari tushuntirilgan.  

Shundan so`ng qurilish firmasi fuqaro M.Zayniddinova tomonidan to`langan 23 000 000 so`m mablag` (boshlang`ich to`lovni) to`liq naqd shaklda qaytarib berildi.

    Boshqa yangiliklar