AsosiyJamiyat

Noqonuniy qurollangan “shartli dushman” yo`q qilindi

'Noqonuniy qurollangan “shartli dushman” yo`q qilindi'ning rasmi

Markaziy harbiy okrugining Kattaqo`rg`on dala-o`quv maydonida batalyon shaxsiy tarkibining jangovar shayligi ko`zdan kechirildi, deya xabar bermoqda Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati. 

O`quv mashg`ulotlari hudud yaqiniga “shartli dushman”ning bir guruh noqonuniy qurollangan jangarilari joylashib olganligi to`g`risidagi kelib tushgan xabar bilan boshlandi.

Shunga asosan batalyon shaxsiy tarkibi yuqori jangovar shay holatga keltirilib, “shartli dushman” joylashuv joyini hamda ularning qurol-aslahalari va texnikalari haqidagi ma`lumotlarni yig`ish, yuqori qo`mondonlikka maxfiy signal tizimi orqali xabar berish hamda “shartli dushman”ni yo`q qilish vazifasi yuklatildi.

Yuksak tayyorgarlikka ega harbiylar “shartli dushman” obekti tomon harakatlanib, yaqin masofada jang olib borishdi. Komandir bo`linmani jangovar ikkilik va uchlikka ajratdi. Ular otish pozisiyalarini o`zgartirib, tezkor va chalg`ituvchi taktik harakatlar bilan “shartli dushman”ga hujum qildi va vazifani ado etib, qurollangan shartli dushmanni yo`q qilishdi.

 

 

    Boshqa yangiliklar