9 oyda 60 dan ortiq vazirlik, hokimlik va davlat idoralaridagi 13,8 mingta bo`sh ish o`rni uchun 212 mingta nomzod hujjat topshirgan.
Joriy yilning 1 oktyabr holatiga, respublikaning 60 dan ortiq vazirlik va idoralari hamda barcha tuman (shahar) hokimliklardagi 13 827 ta vakant lavozimlar bo`yicha tanlovlar e`lon qilinib, jami 212 mingdan ziyod nomzod tomonidan tanlovda ishtirok etish uchun hujjat topshirilgan.
Vazirlik va idoralar kesimida eng ko`p Davlat soliq qo`mitasi tizimida 2 243 ta, Xalq ta`limi vazirligi tizimida 1 915 ta va Moliya vazirligi tizimida 1 698 ta vakant lavozimlar uchun ochiq tanlovlar o`tkazilgan.






