Turkiyaning Mugla viloyatida ikki kundirki, keng ko`lamli o`rmon yong`inlari davom etmoqda. Bu haqda "korrespondent" yozmoqda.
"Bu kecha o`rmonlar Turkiyaning Mug`la viloyatida shu tarzda yonib ketdi. Yong`in taxminan yarim tunda boshlangan va shu kungacha davom etmoqda", - deyiladi xabarda.
Turkiya qishloq xo`jaligi vaziri Bekir Pakdemirli vaziyat nazorat ostida ekanligini aytgan.
Ma`lumot uchun, avvalroq, avgust oyida Istanbul yaqinidagi orollardan birida keng ko`lamli o`rmon yong`inlari sodir bo`lgan edi.






