AsosiyJamiyat

O`zbekistonda bir kunda yana 500dan ortiq odamda koronavirus, 26 kishida pnevmoniya aniqlandi. 5 nafar bemor vafot etdi

'O`zbekistonda bir kunda yana 500dan ortiq odamda koronavirus, 26 kishida pnevmoniya aniqlandi. 5 nafar bemor vafot etdi'ning rasmi

So`nggi kecha-kunduzda yurtimizda yana 500 nafarga yaqin kishida kasallik qayd etildi, birgina Toshkent shahrida 220 nafardan ortiq bemor aniqlandi, deya xabar bermoqda SSV Axborot xizmati. 

2021 yil 6 oktyabr holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 176964 (+487) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

-24 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,

-15 nafari Andijon viloyatida,

-7 nafari Buxoro viloyatida,

-10 nafari Jizzax viloyatida,

-7 nafari Qashqadaryo viloyatida,

-4 nafari Navoiy viloyatida,

-14 nafari Namangan viloyatida,

-32 nafari Samarqand viloyatida,

-8 nafari Sirdaryo viloyatida,

-7 nafari Surxondaryo viloyatida,

-25 nafari Farg`ona viloyatida,

-12 nafari Xorazm viloyatida,

-101 nafari Toshkent viloyatida,

-221 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kasallikdan sog`ayganlar jami 172257 (+432) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 97 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1260 nafarni tashkil qildi.

Shuningdek, 2021 yil 6 oktyabr kuni 26 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami bemorlar soni 27398 nafarga etdi. Kecha ularning 38 nafari sog`ayib, umumiy sog`ayganlar soni 25750 nafarni tashkil qilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar