AsosiyJamiyat

“Narxoz”ning sobiq prorektori universitet tomonidan qidiruvga berilganmi? Oydinlik kiritildi

'“Narxoz”ning sobiq prorektori universitet tomonidan qidiruvga berilganmi? Oydinlik kiritildi'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sobiq prorektori Nodir Fozilovich Idiev qidiruvga berildi. Manbalarda ma`lum qilinishicha, sobiq mansabdor 2 million AQSh dollari miqdorida davlat byudjeti pulini o`zlashtirganlikda ayblanmoqda. 

Mazkur xabardan so`ng, ijtimoiy tarmoq va internet sahifalarida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining sobiq prorektori bilan bog`liq holat bo`yicha turli xabarlar tarqatilmoqda. Hattoki, ayrim elektron nashrlar avgust oyida universitet tomonidan qidiruv e`lon qilinganligini ham yozishga ulgurdi. Holat yuzasidan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti munosabat bildirdi. 

Ma`lum qilinishicha, Nodir Fozilovich Idiev “Asaka bank” AJ Buxoro viloyati filialida faoliyat yuritgan davridagi ishlari sabab qidiruvga berilgan. N. Idievga qo`yilayotgan ayblov uning Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidagi faoliyati bilan bog`liq emas.  

"Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoq faollarini esa ushbu vaziyat yuzasidan (ortiqcha bo`rttirishlarsiz) xolis axborot tarqatishga chorlab qolamiz.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ommaviy axborot vositalari va boshqa ijtimoiy tarmoq faollari uchun hamisha ochiqlik tamoyili asosida hamkorlik qilishga tayyor", - deyiladi rasmiy munosabatda. 

    Boshqa yangiliklar