AsosiyJamiyat

“Narxoz”ning sobiq prorektori "Asakabank"da kreditlarni o`zlashtirish bilan bog`liq noqonuniy xatti-harakatlarga yo`l qo`ygan

'“Narxoz”ning sobiq prorektori "Asakabank"da kreditlarni o`zlashtirish bilan bog`liq noqonuniy xatti-harakatlarga yo`l qo`ygan'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sobiq prorektori Nodir Fozilovich Idiev qidiruvga berildi. Manbalarda ma`lum qilinishicha, sobiq mansabdor 2 million AQSh dollari miqdorida davlat byudjeti pulini o`zlashtirganlikda ayblanmoqda. Xabarlarda, qidiruvdagi shaxs "Asakabank"da faoliyat yuritgani haqi aytilgan. Shunga ko`ra, bank holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi. 

"Asakabank" matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, haqiqatdan ham, 2017 yilda bankning sobiq amaldorlari maqsadli kreditlarni o`zlashtirish bilan bog`liq noqonuniy xatti-harakatlarga yo`l qo`ygan.  

Mazkur holat bankning ichki tekshiruv-nazorat xizmatlari tomonidan aniqlangan bo`lib, holatga qonuniy baho berish hamda qo`shimcha tergov-surishtiruv va prosessual tadbirlarni amalga oshirish maqsadida, aynan bank tashabbusi bilan tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berilgan.  

Ma`lumotlarga ko`ra, Nodir Idiev 2016-2017 yillarda Asakabank ta`sischiligidagi "ASAKA INVESTMENT" MChJda, 2017-2018 yillarda "Asakabank" AJda faoliyat yuritgan.

"Shu o`rinda, “Asakabank” AJ yuqoridagi vaziyat yuzasidan jinoiy ish qo`zg`atilganligi va tergov-surishtiruv ishlari olib borilayotganligi sababli, mijozlarda noto`g`ri xulosa shakllanmasligi, pirovardida bank reputasiyasiga zarar keltirmaslik uchun, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoq faollarini yana bir bor, ushbu vaziyat yuzasidan ortiqcha “iboralarni” ishlatmaslikka chaqirmoqda", - deyiladi rasmiy munosabatda. 

 

Mavzuga doir:

“Narxoz”ning sobiq prorektori universitet tomonidan qidiruvga berilganmi? Oydinlik kiritildi

    Boshqa yangiliklar