"Darakchi" muxbiri Sardorbek Rahmonqulovning xabar berishicha, prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoev bu haqda ayni damda Sirdaryodagi saylovchilar bilan bo`lgan uchrashuvida ma`lum qilgan.
Shuningdek, Sirdaryo viloyatida jamoat transporti etib bormagan 22 ta aholi punktiga avtobus qatnovlari ham yo`lga qo`yiladi.
"Kelgusi besh yilda 2,6 ming kilometr avtomobil yo`llari va ko`chalar, 141 ta ko`prikni qurish va ta`mirlash ishlari bajariladi. Bunga 2 trillion so`mdan ziyod mablag` yo`naltiriladi", deya qo`shimcha qildi amaldagi davlat rahbari.






