Bu haqda AOKAda “O`zyog`moysanoat” uyushmasi rahbarlari ishtirokida o`tkazilgan matbuot anjumanida ma`lum qilindi.
O`zbekiston aholisining o`simlik moyiga bo`lgan yillik ehtiyoji 483 ming tonnani tashkil etadi. Uning 251 ming tonnasini mahalliy xom ashyo, 45 ming tonnasini import xom ashyosi hisobiga ishlab chiqarilgan o`simlik moyi hisobiga qoplanadi, shuningdek, yiliga o`rtacha 187 ming tonna import qilingan tayyor o`simlik moyi aholi istemoli uchun yo`naltiriladi.
Respublikamizda iste`mol qilinayotgan o`simlik moyining 230 ming tonnasini kungaboqar moyi, 203 ming tonnasini paxta moyi, 48 ming tonnasini zig`ir, palma, maxsar, zaytun va boshqa moylar tashkil etadi.
Mamlakatda 500dan ortiq yirik va kichik yog`-moy korxonasi mavjud bo`lib, shundan 300 tasi sanoat korxonasi, 200dan ortig`i kichik korxona hisoblanadi.






