AsosiyJamiyat

O`tgan yilda mahkumlarning 74 foiziga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog`liq bo`lmagan jazo turi tayinlangan

'O`tgan yilda mahkumlarning 74 foiziga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog`liq bo`lmagan jazo turi tayinlangan'ning rasmi

Kuni kecha “Yuksalish” umummilliy harakatida “Probasiya xizmati faoliyatida inson huquqlarining ta`minlanishi hamda o`zaro hamkorlik” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, yig`ilishda Senat Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo`mitasi a`zolari, Inson huquqlari bo`yicha vakil Ombudsman huzuridagi Insonning konstitusiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi bo`yicha komissiya a`zolari, IIV Probasiya xizmati, Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi vakillari va jurnalistlar ishtirok etishgan.

Tadbir Probasiya xizmati nazorati ostidagi shaxslarga ijtimoiy-huquqiy va psixologik yordam ko`rsatish, jumladan inson huquqlarining ta`minlanishi borasida taklif va tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida tashkil etilgan.

Ma`lumot o`rnida aytilishicha, mamlakatimizda 2020 yilda ko`rilgan jinoyat ishlarida jami mahkumlarning 74 foiziga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog`liq bo`lmagan jazo turlari qo`llanilgan. Bu esa tashkil etilganiga uncha ko`p bo`lmagan Probasiya xizmati xodimlarining ish yuklamasi muntazam ravishda ortib borayotganini ko`rsatgan.

Amalga oshirilgan ishlarga qaramasdan, o`tgan 2020 yil davomida nazorat ostidagi shaxslar orasida tayinlangan jazoni o`tashdan qasdan bo`yin tovlab, qonunlarimizga itoatkorona munosabatda bo`lmagan shaxslarning o`talmay qolgan jazo muddatlarini ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirish kabi holatlar ham uchragan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, ishtirokchilar Probasiya xizmati nazorati ostidagi shaxslarga ijtimoiy-huquqiy va psixologik yordam ko`rsatish bo`yicha tegishli davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, jamoat tuzilmalari bilan hamkorlikda tashkil etish masalalarini muhokama qilishgan.

Shuningdek, davra suhbati doirasida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili Ombudsman va Ichki ishlar vazirligi Probasiya xizmati o`rtasida memorandum imzolangan.

    Boshqa yangiliklar