AsosiyJamiyat

Turizm va sport vazirligi "TIKA" bilan hamkorlikni yangi bosqichda davom ettiradigan bo`ldi

'Turizm va sport vazirligi "TIKA" bilan hamkorlikni yangi bosqichda davom ettiradigan bo`ldi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi hamda Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi va "TIKA"  o`rtasida turizm sohasida faoliyat yuritayotgan kadrlar malakasini oshirish maqsadida Vazirlik tasarrufidagi professional ta`lim muassasalari o`quvchilari uchun o`quv seminarlari va treninglar tashkil etiladi.

Bunda hamkor tomonlar o`rtasida shu kunga qadar amalga oshirilgan loyihalarning davomi sifatida Vazirlik tasarrufidagi turizm sohasida kadrlar tayyorlovchi professional ta`lim muassasalarining o`quvchilari uchun 40 soatlik "Turizm va turk tili" o`quv kursi tashkil etilishi belgilangan, deya xabar bermoqda vazirlik  matbuot kotibi.

Unga asosan, ushbu kursning asosiy maqsadi bevosita turkiyalik sayyohlarga xizmat ko`rsatuvchi kadrlarning til bilish malakasini oshirish hamda sohada faol qo`llaniladigan turk tilidagi so`z va iboralarni yoshlarga puxta o`rgatish, ularning turk tilidagi erkin muloqot darajasini yaxshilashdan iborat. 

Qayd eitilishicha,"TIKA"ning tajribali mutaxassislari tomonidan olib boriladigan "Turizm va turk tili" o`quv kursi yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar taqdim qilinadi.

Boshqa yangiliklar