AsosiyJamiyat

O`zbekistonda “Yangi O`zbekiston islohotchisi” ko`krak nishoni ta`sis etiladi

'O`zbekistonda “Yangi O`zbekiston islohotchisi” ko`krak nishoni ta`sis etiladi'ning rasmi

O`zbekistonda “Yangi O`zbekiston islohotchisi” ko`krak nishoni ta`sis etilishi mumkin. Bu haqda  Prezident Shavkat Mirziyoev Sirdaryoga tashrifi davomida aytib o`tdi, deya xabar bermoqda Zamon.uz nashri.

Davlat rahbari kelgusida byudjet-moliyaviy instrumentlar tumanda emas, mahallaning o`zida bo`lishini, uni qaerga, nima maqsadda sarf qilishni mahalla, ya`ni xalqning o`zi hal qilishini ta`kidlab o`tgan. Ushbu nishon haqida quyidagicha izoh beradi:

“Eng ahvoli og`ir, ishsizlik yuqori bo`lgan mahallalarga o`tkir iqtisodchilar qo`yiladi. Ular mahallani oyoqqa turg`azib, obod qilsa, “Yangi O`zbekiston islohotchisi” ko`krak nishoni bilan taqdirlanadi. Avvalgidek, bitta tumanni asfalt qilib, chirog`ini yoqib o`tiraversak, odamlar bizdan rozi bo`lmaydi. Endi mahalla tumanga borib “yo`lga pul ber, cuvga pul ber” deb o`tirmaydi. Qo`chqorovning tizimi (Iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish vaziri) 100 foiz shunga javob beradi” ,–deydi Prezident.

Shavkat Mirziyoev, shuningdek, mahallalarda yangi tizim bo`yicha  ish boshlaydigan "hokim yordamchilari" Prezident adminstrasiyasi tomonidan tayinlanishini aytadi. Ushbu yordamchilarga mahallalarda oilaviy tadbirkorlik kreditlarini berish, lider tadbirkorlar loyihalarini amalga oshirishda ko`maklashish, ehtiyojmand oilalarga subsidiyalar ajratish va ularni jamoat ishlariga jalb qilish, yoshlarni kasbga o`qitish bo`yicha moliyaviy instrumentlar beriladi.

Uchrashuvda bundan tashqari, Cirdaryo viloyati uchun oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida 2,5 trillion so`m imtiyozli kredit resurslari ajratilishi ham ma`lum qilingan.

    Boshqa yangiliklar