AsosiyJamiyat

Toshkent tumanida bir-biriga tutash qurilgan uylar yonib ketdi

'Toshkent tumanida bir-biriga tutash qurilgan uylar yonib ketdi'ning rasmi

Bugun, 8 oktyabr kuni soat 09:00da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Toshkent tumani Sihatgoh ko`chasida  bir-biriga tutash qurilgan uylarda yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida xabar kelib tushdi, deya xabar bermoqda FVV Axborot xizmati. 

Ma`lum qilinishicha, voqea joyiga 5 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 09:09 da etib borib, 09:26 da yong`in qurshab olindi va 09:55da batamom o`chirildi.

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo`lganlar yo`q.  

Yong`indan Toshkent tumani Sihatgoh ko`chasida joylashgan bir-biriga tutash qurilgan xonadonlar imoratlarining taxminan 250-300 kv.m maydonda tom, shift qismlari va uy-jihozlari yongan.  

Hozirda yong`inning kelib chiqish sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar