AsosiyJamiyat

"Sovuq, yomg`ir, qor..." Dam olish kunlari qaysi viloyatda qanday ob-havo bo`lishi ma`lum qilindi

'"Sovuq, yomg`ir, qor..." Dam olish kunlari qaysi viloyatda qanday ob-havo bo`lishi ma`lum qilindi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, ertaga O`zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Rossiya Evropa qismining (Moskva viloyati) ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida va Farg`ona vodiysida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Respublikaning tog`li hududlarida yog`ingarchilik (yomg`ir, qor), ba`zi joylarda kuchli bo`lishi kutilmoqda. Havo harorati kunduz kunlari 10-13° iliqdan oshmaydi, bu iqlimiy me`yordan 8-10° ga pastdir.

Yakshanba kuni yog`ingarchilik bo`lishi ehtimoli faqat respublikaning sharqiy hududlarida saqlanib turadi. Harorat kechalari 2-5° iliqgacha, shimolda 0-3° sovuqgacha pasayadi, kunduz kunlari 10-13° iliq atrofida saqlanib turadi.

Dushanba kunidan boshlab O`zbekistonning barcha hududida quruq ob-havo o`rnashadi. Hafta boshida 2-5° iliq atrofida bo`lgan past harorat hali ham salanib turadi, kunduz kunlari esa harorat ko`tarila boshlaydi va hafta o`rtasiga kelib 17-20° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar