AsosiyJinoyat

Farg`onada "Baraka burger" nomli do`kon oynalari sindirilib, yoqib yuborildi

'Farg`onada "Baraka burger" nomli do`kon oynalari sindirilib, yoqib yuborildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarida “Farg`ona shahrida joylashgan "Baraka burger" nomli do`konni oynalari sindirilgan holda yoqib yuborilganligi” tasvirlangan videoxabar tarqaldi. Farg`ona viloyati IIB holat bo`yicha ma`lumot berdi.

Aniqlanishicha, 2021 yil 05 oktyabr kuni E. va uning tanishlari hamda O. va boshqalar o`rtasida kelib chiqqan kelishmovchilik sababli, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, jamoat joyida bir-biriga tan jarohati etkazishgan. Shundan so`ng, E.va uning sheriklari bezorilik xatti-harakatlari davom ettirib, o`zganing mulkini qasddan nobud qilish maqsadida O.ga tegishli bo`lgan "Baraka burger " do`konini oynalari sindirishib, do`konda yong`in chiqarishgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg`ona shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergovga kirishildi.

Jinoyat ishi bo`yicha E. ismli shaxs Jinoyat kodeksining 277 (bezorlik) hamda 173-moddalari (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar etkazish) bilan hamda O. ismli shaxs 277-modda bilan gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, prosessual tartibda ushlangan bo`lib, hozirda qolgan ishtirokchilarni aniqlash choralari ko`rilmoqda.

Tergov davomida ishga aloqador bo`lgan barcha shaxslarning harakatlariga huquqiy baho beriladi.

Mazkur jinoyat ishi bo`yicha Farg`ona viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Tergov yakuniga ko`ra, qo`shimcha xabar beriladi.

Boshqa yangiliklar