AsosiyJinoyat

Poytaxtga kirib kelayotgan "GAZ-3110"dan shubhali moddalar topildi

'Poytaxtga kirib kelayotgan "GAZ-3110"dan shubhali moddalar topildi'ning rasmi

Poytaxtga kirib kelayotgan "GAZ-3110" rusumli avtomobil to`xtatilib tekshirilganda unda shubhali moddalar aniqlandi. Bu haqda Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi ma`lum qildi.

Joriy yilning 8 oktyabr kuni soat 10:10 larda, Toshkent shahar, Yangihayot tumanida joylashgan "A.Turbanov" YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari X.Toshmatov va S.Begmatovlar tomonidan Toshkent viloyatidan poytaxtga kirib kelayotgan "GAZ-3110" rusumli avtomobil to`xtatib tekshirilgan.

Salonda bo`lgan yo`lovchi, 1998 yilda tug`ilgan B.N. turli xatti-harakatlari bilan YPX xodimlarida shubxa uyg`otgan. Xolis va guvohlar ishtirokidagi tekshiruv davomida yo`lovchi B.N.ning cho`ntagidan, oq qog`ozga o`ralgan, yashil rangli, o`tkir hidli, quritilgan o`simlik moddasi topilib, belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Holat to`liq o`rganilishi uchun fuqaro B.N. va topilgan modda Yangihayot tumani IIO FMBga topshirilgan.

    Boshqa yangiliklar