AsosiyJamiyat

“O`zbekneftgaz”: Davlat xaridlarining ochiq va shaffof tarzda o`tkazilishi ta`minlanmoqda

'“O`zbekneftgaz”: Davlat xaridlarining ochiq va shaffof tarzda o`tkazilishi ta`minlanmoqda'ning rasmi

“O`zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaevning topshirig`i bilan tizimda xaridlarning shaffofligini ta`minlash va sog`lom raqobat muhitini yaratish maqsadida, amalga oshirilayotgan xaridlar bo`yicha e`lonlar, barcha kerakli ma`lumotlar va natijalar bir vaqtning o`zida bir nechta maxsus axborot portalida, ya`ni exarid.uzex.uz, tenderweek.com hamda rasmiy sayti ung.uz da muntazam ravishda joylashtirilib borilmoqda.

Shuningdek, 2021 yil 23 iyuldan boshlab kuchga kirgan O`zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari to`g`risida”gi O`RQ–684-son Qonunida belgilangan asosiy prinsiplar – davlat buyurtmachisining kasbiy mahorati, asoslanganlik, moliyaviy mablag`lardan foydalanishning oqilonaligi, tejamkorlik 
va samaradorlik, tortishuv va xolislik, davlat xaridlari tizimining yagonaligi 
va yaxlitligi, korrupsiyaga yo`l qo`ymaslik kabi talablardan chiqmagan holda xarid jarayonlari tashkil qilinmoqda.

“O`zbekneftgaz” AJ Xaridlar departamenti tomonidan xarid jarayonlarida mahalliy ishlab chiqaruvchilarni jalb qilish hamda ularda inson omili ta`siriga yo`l qo`ymaslik maqsadida xaridlarni elektron shaklda o`tkazish chora-tadbirlari ko`rilmoqda.

Qonunga muvofiq, umumiy qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 25 000 baravarigacha bo`lgan xaridlar elektron shaklda, ya`ni yagona elektron kooperasion portal, elektron do`kon yoki boshlang`ich narxni pasaytirish uchun o`tkaziladigan auksion savdolari orqali o`zkazilmoqda.

Bundan tashqari, PQ-5171 qarorining ijrosi sifatida jamiyatda quyidagi ishlar amalga oshirildi:

• jamiyatning yagona xaridlar siyosati ishlab chiqildi va xaridlar jarayoniga tadbiq etildi;

• xaridlar transformasiyasi ofisi tashkil etildi;

• “KPMG” xalqaro konsalting kompaniyasi tomonidan jamiyatning xaridlar tizimi va forenzik bo`yicha audit xulosasi olindi. Ushbu audit xulosasida keltirib o`tilgan tavsiyalar jamiyatning xaridlar tizimi transformasiyasi jarayonida qo`llaniladi.

Shuningdek, jamiyat mablag`laridan oqilona foydalanish va xarajatlarini optimallashtirish maqsadida boshlangan ishlar davom ettirilib, joriy yilning o`tgan davri mobaynida tuzilgan va tuzilishi ko`zda tutilgan shartnomalar doirasida jami 90,4 mlrd so`m ekvivalentda mablag`lar iqtisod qilinishiga erishildi.

Boshqa yangiliklar