AsosiyJamiyat

Suv, yo`l, energetika va kanalizasiya — eng og`riqli masalalar bo`yicha Qashqadaryo viloyatini kutayotgan echimlar

'Suv, yo`l, energetika va kanalizasiya — eng og`riqli masalalar bo`yicha Qashqadaryo viloyatini kutayotgan echimlar'ning rasmi

Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoev saylovoldi tashviqot yig`ilishida eng og`riqli bo`lgan - suv, yo`l, energetika va kanalizasiya masalalari yuzasidan Qashqadaryo viloyatida o`z echimini kutayotgan kelgusi besh yillik rejalar haqida gapirdi. Bu haqda “Darakchi” muxbiri Sardorbek Rahmonqulov xabar bermoqda. 

Energetika

Energetika sohasida kelgusi besh yilda umumiy qiymati 1,3 milliard dollarlik jami quvvati 1 ming 250 Mega-Vatt bo`lgan loyihalar amalga oshiriladi. Jumladan:

  • G`uzor tumanida 200 million dollarlik to`g`ridan-to`g`ri xorijiy sarmoyalar hisobiga quvvati 300 Mega-Vatt bo`lgan quyosh elektr stansiyasi barpo etiladi.
  • Tallimarjon issiqlik elektr stansiyasida 1 milliard dollar xorijiy investisiya hisobidan qo`shimcha 900 Mega-Vatt quvvatlar ishga tushiriladi.

Shuningdek, 500 million dollarlik to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investisiya hisobidan Muborak issiqlik elektr stansiyasi modernizasiya qilinadi.

Umuman, Energetika vazirligi huzurida yirik tarmoq loyihalari uchun,  infratuzilma barpo etish maqsadida, maxsus jamg`arma tashkil etilib, unga 200 million dollar mablag` ajratiladi.

Ichimlik suvi

Aholini toza ichimlik suvi bilan ta`minlash viloyatdagi eng og`ir masalalardan biri. Bugungi kunda 521ta mahallada yashaydigan 1,8millionga yaqin aholi markazlashgan ichimlik suvi bilan ta`minlanmagan. Ayniqsa, Koson (4 foiz), Dehqonobod (6 foiz), Qamashida (14 foiz) bu ko`rsatkich juda past. Shu bois, kelgusi besh yilda markazlashgan toza ichimlik suvi bilan ta`minlash darajasi 47 foizdan 80 foizga etkaziladi. 4 ming 300 kilometrichimlik suvi inshootlari barpo etiladi.

Kanalizasiya 

Qarshi shahri kanalizasiya inshootidagi tozalash uskunalarining 60 foizi yaroqsiz ahvolda. Oqibatda, oqova suv tozalanmasdan ochiq suv manbalariga chiqarib tashlanmoqda. Bundan tashqari, viloyatdagi mavjud 14 ta kanalizasiya nasos stansiyalarining barchasi ta`mirga muhtoj.Kelgusi besh yilda 360 kilometrkanalizasiya tarmoqlari, 237 taichimliksuv va 2 taoqova suv inshootlari barpo etiladi.

Umuman:

  • Koson, Muborak, Qamashi, G`uzor tumanlari, Qarshi, Shahrisabz, Kitob shaharlarida ichimlik suv va kanalizasiya tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo`yicha, umumiy qiymati 260 million dollar bo`lgan 4 ta loyiha amalga oshiriladi. Natijada, ilgari ichimlik suvi etib bormagan G`uzor, Koson, Dehqonobod, Qamashi, Qarshi, Kasbi, Muborak va Mirishkordagi 342 ta mahallaning 1,5 million aholisi toza ichimlik suvi bilan to`liq ta`minlanadi. Ushbu ishlarga jami 3 trillion so`m mablag` ajratiladi.
  • Ichimlik suvi tanqis bo`lgan G`uzor, Nishon, Kasbi, Mirishkor tumanlarining er osti sho`rlangan suvlarini qayta ishlab, iste`molga yo`naltirish loyihasi amalga oshiriladi.

Yo`l

Shu bilan birga, 5 ming kilometrdan ziyod avtomobil yo`llari va ichki ko`chalar, 130 ta ko`prik va sun`iy inshootni qurish-ta`mirlash uchun qaryib 4 trillion so`m yo`naltiriladi.

Xususan kelgusi yilda:

  • “G`uzor-Chim-Kukdala” avtomobil yo`lining35 kilometr qismida rekonstruksiya ishlari yakuniga etkaziladi.
  • “Toshkent-Termiz” M-39 avtomobil trassasining 60 kilometr qismi halqaro moliya tashkilotlari mablag`lari hisobiga rekonstruksiya qilinadi.
  • Chiroqchida 471 kilometr, Dehqonobodda 385 kilometr, Qamashida 353 kilometr, Mirishkorda 226 kilometr, Kosonda 277 kilometr, Qarshi tumanida 284 kilometr ichki yo`llar ta`mirlanadi.
  • Kitob, Shahrisabz, Yakkabog` va Qamashining 1 million aholisiga qulay sharoitlar yaratish maqsadida, Qashqadaryoni Samarqand bilan bog`lovchi dovon davlat-xususiy sheriklik asosida qayta ta`mirlanadi shuningdek tonel qurilishining iqtisodiy samaradorligi ham o`rganib chiqiladi.

Shuningdek, ichki yo`llarni ta`mirlash va foydalanishning yangi tizimi joriy etiladi. Jumladan, har bir tuman va shaharda alohida jamg`arma tashkil etilib, barqaror moliyaviy manbalar bilan ta`minlanadi. Ushbu jamg`arma mablag`larining 50 foizi jamoatchilik takliflari asosida shakllantirilgan loyihalarga sarflanadi.

Mavzuga doir:

"Yashash sharoitlari respublikaning boshqa hududlariga nisbatan past". Shavkat Mirziyoev kelgusi 5 yilda Qashqadaryoda 400 ming ish o`rni yaratish rejasini ma`lum qildi

    Boshqa yangiliklar