AsosiyJamiyat

Men aytayotgan pullarni yozib va hisoblab boringlar, qog`ozda qolib ketmasin – Shavkat Mirziyoev Qashqadaryoga ajratilayotgan mablag` haqida

'Men aytayotgan pullarni yozib va hisoblab boringlar, qog`ozda qolib ketmasin – Shavkat Mirziyoev Qashqadaryoga ajratilayotgan mablag` haqida'ning rasmi

O`zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoev o`z saylovoldi tashviqot yig`ilishida Qashqadaryo viloyati rivojiga kuchli turtki berish, bu erda yashayotgan aholiga munosib ish o`rinlari va turmush sharoitini yaratib berish bo`yicha eng muhim vazifalarga to`xtalib o`tdi, deya ma`lum qildi “Darakchi” muxbiri Sardorbek Rahmonqulov.

"Men juda ko`p raqamlarni aytyapman. E`tibor bering, birgina Qashqadaryoning o`ziga oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida yiliga 1 trillion so`m, kichik va o`rta biznesni qo`llab-quvvatlash uchun qo`shimcha 100 million dollar, viloyatdagi tadbirkorlarga kredit foiz to`lovlarini kompensasiya qilishga qo`shimcha 100 milliard so`m ajratiladi.  

Sizlardan iltimos, men aytayotgan raqamlarni yozib boring, chunki bu mablag`lar manbasi aniq. Qolaversa, bular qog`ozda qolib ketmasligi kerak. Qashqadaryo xalqining farovonligiga, viloyatda tadbirkorlik rivojlanishiga xizmat qilsin.

Odamlar bugun natija kutyapti. Buning uchun ishsizlik va kambag`allik bilan jiddiy kurashishimiz kerak", - degan Shavkat Mirziyoev. 

    Boshqa yangiliklar