Izboskan tumaniga Avstriyadan naslli qoramollar olib kelindi. Bu haqda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo`mitasi xabar berdi.
Mamlakatimizda chorvachilik sohasiga qaratilayotgan yuksak e`tibor natijasida sohada yangi loyihalar amaliyotga tatbiq etilmoqda.
Xususan, horijdan naslli chorva mollarini olib kelish, chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishda yangi zamonaviy texnologiyalarni ishga tushirish borasida qator ishlar olib borilmoqda.
Hozirda Andijon viloyatining Izboskan tumanidagi “Turg`unboy Shokirov” chorvachilik fermer xo`jaligiga Avstriya davlatidan 32 bosh naslli qoramol olib kelinib parvarish qilinmoqda.