Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toyloq tuman bo`limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan fuqaro O.D. fuqaro S.ning ishonchiga kirib, uni vakolatli tanishlari bilan gaplashib Polsha davlatiga ishga yuborishni va`da qilib, evaziga 3 800 AQSh dollarini qo`lga kiritganligi aniqlangan, shuningdek tekshiruvda O.D. o`z aybiga to`liq iqrorligini bildirib S. dan olgan pullari hisobidan 800 AQSh dollari va 1,7 mln so`mni qaytarganligi prosessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.